
Haqiqiy Python3DBepul
Fermer Bala
Haqiqiy Python tilida kod yozib, fermer bolani boshqar: oʻt oʻr, sabzi ek, qovoq oʻstir, labirintdan xazina top. Har bir daraja — yangi dasturlash tushunchasi.
Bilim daraxti
Bosqichlarni tugatib resurs yigʻ (⭐⭐⭐ — ikki baravar koʻp!), keyin yangi mavzularni och. Fermangda ham hosil yigʻsang boʻladi.
0/84
Qanday oʻynaladi?
01
Topshiriqni oʻqi
Har bir darajada bitta yangi tushuncha qisqa misol bilan tushuntiriladi.
02
Kod yoz
Python tilida fermer bolaga buyruq ber: move(), harvest(), plant()…
03
Ishga tushirib koʻr
Bola kodingni 3D fermada bajaradi. Xato boʻlsa — qaysi qatorda ekanini koʻrsatadi.
Eng zoʻrlar
Oʻqituvchilarga
Oʻyin informatika darsiga moslashtirilgan: har bir boʻlim maktab dasturidagi bitta mavzuga mos keladi. Oʻquvchilar oʻz surʼatida oʻtadi, progress akkauntga saqlanadi.
Nimani oʻrganasan
- 🌱 Funksiyani chaqirish, buyruqlar ketma-ketligi, print
- 🔁 for, range(), ichma-ich sikllar, oʻzgaruvchilar
- 🔀 while, if/else, ==, !=, and, % (qoldiq)
- 🧩 None, is, def, parametrlar, kortejlar
- 🍎 Rekursiya, return, Fibonachchi sonlari
- 🛸 Obyekt va metod (d.move()), obyektni funksiyaga berish
- 💧 Kasr sonlar (float), taqqoslash
- 🎃 True/False oʻzgaruvchilar, not, elif
- 🌻 list, append(), sort(), roʻyxatni aylanib chiqish
- 🌵 Algoritm: pufakchali saralash (bubble sort)
- 🧭 Algoritmlar: oʻng qoʻl qoidasi, rekursiya, set, dict